«qasddan odam o‘ldirish» tegli maqolalar


Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi
4 dekabr 2024, 15:52

Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi
28 noyabr 2024, 14:31

Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi

Sud bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan va ularni uyi bilan birga yoqib yuborgan 29 yoshli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U Jinoyat kodeksining besh moddasi, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish va bosqinchilik bo‘yicha aybdor deb topildi.

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi
25 noyabr 2024, 16:13

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi

Yakshanba kuni Kitob tumanida 26 yoshli erkak ruhiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida xotini va tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini pichoq bilan qasddan o‘ldirdi. U voqea ortidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi
20 noyabr 2024, 15:14

Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi

To‘raqo‘rg‘onda 22 yoshli qiz ikkinchi bor unashtiruvni bekor qilib, turmushga chiqishni rad qildi. Bundan g‘azablangan ota so‘roq qilish davomida qizini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Sud otani 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
29 oktabr 2024, 09:13

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 13 yoshli bola ruhiy nosog‘lom qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum bolaning qo‘liga pichoq berib, uni o‘ldirishini so‘rab qo‘rqitgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi
14 avgust 2024, 00:25

Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi

Namangan viloyati Pop tumanida mulkiy nizo kelib chiqqan janjalda qarindosh ayol va uning ikki nafar yosh bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda enaganing eri chaqaloqni urib o‘ldirib qo‘ydi
1 avgust 2024, 22:07

Qashqadaryoda enaganing eri chaqaloqni urib o‘ldirib qo‘ydi

Qarshi shahrida 21 yoshli erkak hojatini kiyimiga chiqargani uchun turmush o‘rtog‘i enagalik qilayotgan 1,5 yashar chaqaloq qizni urib o‘ldirib qo‘ydi. U shifokorlarga bola aravachadan yiqilib tushganini aytdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda erkak qaynotasi va qaynonasini o‘ldirdi
14 iyun 2024, 22:00

Samarqandda erkak qaynotasi va qaynonasini o‘ldirdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjalda 62 va 60 yoshli qaynota va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi.

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi
24 aprel 2024, 23:50

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi
3 oktabr 2023, 20:26

Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi xususiy uylardan birining hojatxonasidan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda 21 yoshli yigit janjal sababli akasini pichoqlab o‘ldirdi
25 may 2023, 15:30

Toshkentda 21 yoshli yigit janjal sababli akasini pichoqlab o‘ldirdi

Mirobod tumanida 21 yoshli yigit janjal sababli akasining ko‘krak qafasiga pichoq urib, uni o‘ldirdi. Voqea joyidan yashiringan gumonlanuvchi ushlangan va tergov olib borilmoqda.

Namanganda erkak o‘zi va sobiq xotinini pichoqlashi oqibatida ayol vafot etdi
6 may 2023, 15:01

Namanganda erkak o‘zi va sobiq xotinini pichoqlashi oqibatida ayol vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Shundan so‘ng o‘ziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Bosh prokuratura ular 2022-yilda ajrashgani, ammo majburan birga yashab kelganini bildirdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan yashagan ayolni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda
23 mart 2023, 19:48

Xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan yashagan ayolni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan birga yashab yurgan ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkor ayolga bir necha marta pichoq urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Bedarak yo‘qolgan andijonlik taksichining jasadi Toshkentda Cobalt yukxonasidan topildi
11 yanvar 2022, 12:35

Bedarak yo‘qolgan andijonlik taksichining jasadi Toshkentda Cobalt yukxonasidan topildi

Andijon-Toshkent yo‘nalishida taksichilik qiluvchi fuqaro Toshkentga yo‘lovchi olib ketib, bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi Toshkentdagi avtoturargohda turgan Cobalt yukxonasidan topildi. Hozirda 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishida 26 kishi sud qilinmoqda
6 yanvar 2022, 19:42

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishida 26 kishi sud qilinmoqda

Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimovning o‘ldirib ketilganiga oid jinoyat ishini sudda ko‘rish boshlandi. Jami 26 kishi — qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir va yengil tan jarohatlari yetkazish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, odam o‘g‘irlash, pora olish va berish, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, yolg‘on guvohlik berish, jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, bezorilik moddalari bilan sudlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting